Imom al-Buxoriy majmuasi atrofi 4G mobil aloqasi bilan ta’minlandi

Samarqand viloyati Payariq tumani Xo‘ja Ismoil MFYda “O‘zmobayl” filiali 4-bog‘lamasi tomonidan joriy yilning 4 iyun kuni 4G LTE texnologiyasi asosida ishlovchi tayanch baza stansiyasi o‘rnatildi. Natijada, ushbu hudud aholisi va Imom al-Buxoriy majmuasi mehmonlari sifatli mobil aloqa xizmati bilan ta’minlandi. Bundan oldin ushbu hududda 4G texnologiyali mobil tayanch baza stansiyasi o‘rnatilmagan, endilikda esa, nafaqat telefon aloqasi so‘zlashuvi balki yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘idan ham foydalana olishlari mumkin bo‘ldi.

Shuningdek, “O‘zMobayl” filiali tomonidan shu kunning o‘zida Xo‘ja Ismoil MFY binosida sayyor ulanish aksiyasi tashkil etilib, 250 nafarga yaqin aholi mobil kompaniyaga ulandilar.