“2019 World friends ICT SKKU Volunteers” loyihasi
TATU Samarqand filialida davom etmoqda

 Joriy yilning 1 iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida Janubiy Koreya Respublikasining Sungkyungkvan universiteti volontyorlari (ko‘ngillilari) tomonidan “2019 World friends ICT SKKU Volunteers” loyihasi asosida o‘quv kurslari boshlandi.

Chet ellik hamkorlar tomonidan filialda elektrotexnika va robototexnika asoslarini o‘rganish bo‘yicha “Arduino UNO”  platformasida o‘quv treninglar olib borilmoqda.

-“Janubiy Koreyaning Sungkyungkvan  universiteti tomonidan filialimizga 625 AQSh dollari miqdoriga teng bo‘lgan 25 dona “Arduino UNO” qurilmasi olib kelindi”, deydi filial Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Muhammadsolih Tursunov. Bu kabi qurilmalar iqtidorli talabalarni amaliy bilimlarini yanada orttirish maqsadida turli hil maketlar yasashlari hamda shu asosda kelajakda ishlab chiqarish korxonalarida turli loyihalarni joriy etishlariga xizmat qiladi.

Sungkyungkvan universiteti volontyorlari tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 19 iyul kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

 

 

Abdug‘afur Hotamov

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi

TATU Samarqand filiali matbuot kotibi

 

 

“Arduino UNO” qurilmasi