Sayyor qabul

Joriy yilning 15 may kuni soat 10:00da Samarqand shaxrida joylashgan “O‘zI-Samarkand” filialiga qarashli  221/222-ATS binosida hamda shu kunning o`zida soat 11:00da “Buxoriy” MFY binosida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘ining Sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Agarda Sizda Aloqa (telefon, Internet, radio, pochta) va axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha murojaatlar, shikoyat va takliflaringiz bo‘lsa, bevosita Vazirlikning hududiy boshqarmasi boshlig‘iga murojaat etishingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: 234-42-12.