Muhammda al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialida master-klass

 “Muhammda al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun soha korxonalari mutaxassislari tomonidan 2019 yil davomida ma’ruzalar o‘tkazish rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida, 2019 yilning 6 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi "Elektron hukumat" tizimini va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Azim Raxmanov tomonidan "O‘zbekiston Respublikasida Elektron hukumatning joriy etilganlik holati va dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish hamda joriy etish bosqichlari" mavzusida filial talabalari uchun master-klass o‘tkazildi.

A.Raxmanov talabalarga O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat” tizimining joriy etilganlik holati, bosqichlari, rejalari, shuningdek, hozirgi kunda viloyatda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqib, ularni turli sohalarda joriy etish yoki realizatsiya qilish imkoniyatlari va qonun qoidalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.