O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishning 5 ta tashabbusining uchinchi tashabbusi ijrosi bo‘yicha

 

2019 yilning 22 may kuni Urgut tumani Mirzabog‘lon-Chep mahallasi markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda 5 ta tashabbusiga asosan festival bo‘lib o‘tdi. Festivalda yoshlar sportning  futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, milliy kurash, yugurish bo‘yicha marofon hamda 5 ta tashabbusning uchinchi tashabbasi - axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va robototexnika bo‘yicha turli musobaqa va ko‘rgazmada ishtirok etdilar.

 

 

Festivalda uchinchi tashabbus - axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali iqtidorli talabalari Urgut tumani umumta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilari bilan birgalikda o‘rnatilgan aloqalar natijasida robototexnika yo‘nalishida erishilgan yutuqlarini ko‘rgazmada namoyish etdilar.

 

 

Jami festivalning sport va madaniy tadbirlarida Mirzabog‘lon-Chep mahallasi hududiga yaqin bo‘lgan 13 ta chegara hududidan 1 500 ga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.