E’LON!

 “O‘zI Samarqand” filiali ma’muriyati joriy yilning aprel oyi davomida ob-havoning noqulay kelganligi, to‘xtovsiz yog‘ingarchilik kuzatilganligi sababli hozirgi kunda filial tasarrufiddagi 235-ATS hududiga qarashli Chorraha, Buxoriy, Maxmudjanov, Raxmatullayev, Daxbet, Boyovut, Bulung‘ur, Izboskan, Marg‘iloniy, Mendeleyev ko‘chalarida, 221/222-ATS hududiga qarashli A.Ikromov, Papayin, Narpay, Baltin nomli, A.Roziy, Asadov, Sogdiana maskani, Mirsharapov, Asadov ko‘chalarida, 231/233-ATS hududiga qarashli Firdavsiy, Isayev, M.Baraka, A.Temur ko‘chalarida aloqa kabellari nosoz holatga kelganligi va ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilayotganligini, shu sababli, 2019 yil 15 may kuniga qadar telefon aloqasi va internet xizmati vaqtinchalik ishlamasligini malum qiladi.

Yuqorida keltirilgan ko‘chalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan telefon aloqasi va internet xizmati ishlamagan kunlar uchun qayta hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi.