Версия для печати

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 10-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom”303-son buyurug‘i bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Samarqand hududiy boshqarmasi to`g`risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1.  O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda - Hududiy boshqarma deb ataladi) yuridik shahs hisoblanmaydi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PQ-3549-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 maydagi 318-son qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri (keyingi o‘rinlarda - Vazir deb ataladi) tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq faoliyat olib boradi.

2.  Hududiy boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi o‘rinlarda - Vazirlik deb ataladi) buyruqlari va farmoyishlari, Vazirlik rahbariyati ko‘rsatmalariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

3.  Hududiy boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

4.  Hududiy boshqarma boshlig‘i lavozimi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi o‘rinbosariga teng.

5.  Hududiy boshqarma boshlig‘i, boshliq o‘rinbosari, bo‘lim boshliqlari va boshqa xodimlari Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

6.  Hududiy boshqarma faoliyatini moliyalashtirish, shuningdek Hududiy boshqarma xodimlari shtat jadvali Vazir tomonidan tasdiqlanadi.

7.  Hududiy boshqarma o‘z nomi yozilgan muxrga ega.

8.  Hududiy boshqarma o‘z faoliyatini viloyat hokimligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining joylardagi hududiy bo‘linmalari, shahar va tuman hokimliklari, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boradi.

2-bob. Hududiy boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

9. Quyidagilar Hududiy boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

joylarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va qo‘llash sohasiga umumiy rahbarlik qilish, elektron hukumatni joriy etish, axborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy etish, idoralararo elektron hamkorlikni tashkil qilish, yagona elektron reyestrlar va ma’lumotlar bazalarini, "yagona darcha" tamoyili bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimlarini shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni amalga oshirilishini ta’minlash;

hududlarda davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilishga kumaklashish, raqamli iqtisodiyot o`sishini ragbatlantirish, shu jumladan ishlab chiqariщda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;

hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini, shu jumladan kelgusida integratsiyalashgan, "aqlli" va "xavfsiz" shahar yagona kompleksiga birlashtirgan holda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, transport logistikasini, shoshilinch xizmatlarni boshqarishning zamonaviy intellektual tizimlarini joriy etish va rivojlantirish;

davlat-xususiy sheriklik asosida texnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish, zamonaviy raqobatbardosh va eksport uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar hamda xizmatlarning ishlab chiqarilishini rivojlantirishni rag‘batlantirish, shart-sharoitlar yaratish va investitsiyalarni jalb kilish;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini qo‘llash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha, shu jumladan, texnik standartlar, reglamentlar joriy etilishini tashkil qilish;

telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, hududdagi olis aholi punktlarini telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda mobil aloqa va Internet tarmog‘ining sifatini oshirish borasida operator va provayderlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil qilish;

Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanishni kengaytirish, multiservisli aloqa tarmoqlari texnologiyalari, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, logistika va pochta aloqasi xizmatlari orqali telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni muvofiqlashtirish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalarida, joylardagi mahalliy hokimlik organlarida boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirish va davlat xizmatlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanishda yangi axborot tizimlari, dasturiy maxsulotlar, ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqishga, birinchi navbatda, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini va tezkorligini oshirishga, byurokratik tartib-taomillarga barham berishga, qog‘oz hujjat aylanishini kamaytirishga qaratilgan elektron davlat xizmatlarini joriy etishni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;

hududdagi davlat boshqaruvi organlari va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish, raqamli iqtisodiyot o‘sishini rag‘batlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish;

pochta aloqa xizmatlari va logistika tizimini modernizatsiya qilish, hududiy pochta aloqasi faoliyatining sifat jihatdan yangi uslublarini joriy etish va bozorda uning faoliyati mavqeini oshirishga doir ta’sirchan choralar ko‘rish ishlarini muvofiqlashtirish;

kiberxavfsizlikni ta’minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy kilishni ta’minlash bo`yicha kompleks choralarni amalga oshirish, shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha texnologiyalarning qo‘llanishini tartibga solishda ishtirok etish;

etakchi xorijiy kompaniyalar va ta’lim muassasalarining eng yaxshi amaliyoti asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida strategik va loyiha boshqaruvi, menejment, marketing bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash xamda malakasini oshirishni tashkil kilish;

viloyat hokimligi xuzuridagi - "Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK faoliyatini takomillashtirish.

10. Qo‘yidagilar Hududiy boshqarmaning asosiy funsiyalari xisoblanadi:

telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, olis aholi punktlarida mobil aloka va Internet tarmog‘ining sifatini oshirish yuzasidan takliflarni taqdim etadi;

etakchi xorijiy kompaniyalar va ta’lim muassasalarining eng yaxshi amaliyoti asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida strategik muhim masalalar bo`yicha takliflar kiritadi;

hududda axborot-texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish dasturi, radiochastota spektridan foydalanish, soha bo`yicha berilgan litsenziya shartlarining bajarilishini hududiy darajada amalga oshirilishini tahlil qilishda ishtirok etadi;

pochta, telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va teleuzatish, axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalarida vakolat doirasida ishlarni amalga oshiradi;

"elektron hukumat" tizimi va milliy axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirish doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi xamda maxalliy hokimlik organlarida tadbirlar bajarilishini nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

viloyatdagi davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlarining uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etadi;

ijro etuvchi hokimiyat hududiy organlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlanishini kelishish bilan bog‘lik ishlarni amalga oshiradi;

davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan bo‘linma rahbarlari tomonidan sohada belgilangan vazifalarning, elektron davlat xizmatlari va "elektron hukumat" sohasidagi dasturlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilganligi uchun har yil yakuni bo‘yicha Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan eng kam ish xaqining 100 baravarigacha miqdorda mukofotlash yuzasidan Vazirlikka asoslangan takliflar kiritadi;

hududiy   korxona   va  tashkilotlarda  dasturiy   maxsulotlar va zamonaviy   avtomatlashtirilgan   tizimlar   joriy etilishini muvofiqlashiradi;

joylardagi korxona va tashkilotlarda idoralararo elektron hamkorlikni joriy etish va rivojlantirishni amalga oshirishda ishtirok etadi;

hududda soha bo‘yicha litsenziya olish uchun talabgorlarga huquqiy maslahatlar va tushunchalar berib boradi. Shu bilan birga hududdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan litsenziya shartlariga rioya etishi ustidan nazorat o‘rnatadi;

hududiy tashkilot va korxonalarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rgangan holda, sohaga biriktirilgan kasb-xunar kollejlari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteta va uning filiallari bitiruvchilarining ishga joylashtirilishini tahlil qiladi;

joylardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida AKT va axborot xavfsizligi joriy etilganligi holatini maqsadli o‘rganadi, tahlil qiladi va takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritib boradi;

hokimliklarda davlat xizmatlari bilan bog‘lik ma’muriy jarayonlarni optimallashtirish va takomillashtirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarni axborotlashtirish bo‘yicha yaqin va uzoq muddatli istiqbolli rejalar va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

elektron hukumatni rivojlantirish, telekommunikatsi tarmoqlari va pochta aloqasi, radioaloqa, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar hamda matbuotni tarqatish, elektron raqamli imzo va radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvor vazifalarni shakllantirishda qatnashadi;

joylarda telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish, teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro xamkorlik qiladi;

sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, ta’lim, kommunal xizmat ko‘rsatish hamda turizm sohasida zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarini joriy qilish, shuningdek, "aqlli" va "xavfsiz" shahar loyihalari bo‘yicha hududda ishlarni tashkil etadi;

davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion loyhalarni amalga oshirish, shuningdek, eksportbop dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi;

tegishli mahsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari, axborotlashtirish, telekommunikatsiya va pochta aloqasi sohasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratilishiga, raqobatni rivojlantirishga va iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishiga ko‘maklashadi;

"Elektron hukumat" tizimini joriy etilishida aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun taqdim etiladigan davlat xizmatlarini takomillashtirish yuzasidan Vazirlik rahbariyati va mahalliy hokimiyat organlariga takliflar kiritib boradi;

"Elektron hukumat" tizimi va AKTning joriy etilishi va rivojlanishi bo‘yicha sohaviy, hududiy va davlat dasturlari borishi to‘g‘risida Vazirlikning tegishli bo‘limlariga ma’lumot kiritib borilishini ta’minlaydi;

Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniya, jamiyat, korxona, tashkilot va muassasalarning hududdagi filial va bo‘linmalari faoliyatlarini muvofiqlashtirib boradi;

Hududiy boshqarma faoliyati yuzasidan Vazirlikning hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bilan kelishilgan holda Vazirga hisobot tayyorlaydi.

3-bob. Hududiy boshqarmaning tashkiliy tuzilmasi

11. Hududiy boshqarmaning tuzilmasi va xodimlar soni shtat jadvali bo`yicha belgilanadi.

Hududiy boshqarmaning tuzilmasi Vazir tomonidan tasdiqlanadi.

Xududiy  boshqarmaning tuzilmasi 11 shtat birligidan iborat, jumladan:

Hududiy boshqarma boshlig‘i;

Xududiy   boshqarma   boshlig‘i   o‘rinbosari   - Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘limi 4  shtat birligi.

Axborot   texnologiyalari   va   Elektron   hukumat tizimlarini rivojlantirish bo‘limi 3 shtat birligi.

Axborot xavfsizligini ta’minlash bo`limi - 3 shtat birligi.

4-bob. Hududiy boshqarmaning huquqlari va majburiyatlari

12. Hududiy boshqarma o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun qo‘yidagi huquqlarga ega:

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat hududiy organlari bo‘linmalarining rahbarlarini Hududiy boshqarma bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash;

davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlarini har uch yilda bir marta Hududiy boshqarmada attestatsiyadan o‘tkazish;

hududiy boshqarma vakolati doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan vazirlikning Bosh boshqarmalari, boshqarmalari va bo‘limlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, maxalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek vazirlik tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar, mobil aloqa operatorlaridan zarur ma’lumotlarni so‘rab olish;

vakolati doirasida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, muassasa, tashkilotlarda pochta aloqasi va telekommunikatsiya hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar ko‘rsatishda huquq va me’yorlarga rioya qilishi yuzasidan monitoring o‘tkazish;

dasturiy maxsulotlarning maxalliy ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun dasturiy maxsulotlar mahalliy bozorining rivojlanishi holatini tahlil qilish va o‘rganish;

litsenziya kelishuvidagi talablar va shartlarning bajarilishi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning belgilangan qonunchilik talablariga rioya qilishlari yuzasidan tizimli monitoringni amalga oshirish;

"Elektron hukumat" tizimi doirasidagi loyihalarning belgilangan muddatda va to‘liq joriy etilishi bo‘yicha monitoring olib borish hamda tizimli taqlil qilish;

sohada qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining joylarda bajarilishi holati yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, tuman, shahar hokimliklarida maqsadli o‘rganishlar o‘tkazish, o‘rganish natijalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda muhoka etish;

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya bilan birgalikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va pochta aloqasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

boshqaruv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirish, bu borada davlat rahbari va Hukumat tomonidan qabul qilingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishida Vazirlik tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarning hududiy bo‘linmalari, shu bilan birga joylarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan Vazirlik hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga o‘rnatilgan tartibda takliflar kiritish.

13. Hududiy boshqarmaning majburiyatlari:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

Vazirlikka kelib tushgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlikning buyruqlari, farmoyishlari, boshqa topshiriq va ko‘rsatmalarining hamda ushbu Nizomda belgilangan vazifa va funksiyalarning ijrosini ta’minlash;

Mexnatni muxofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga hamda yong‘inga qarshi xavfsizlik choralariga rioya qilish;

Konfidensial, maxfiy ma’lumotlar hamda maxfiy mohiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etmaslikni ta’minlash.

                    5-bob. Hududiy boshqarmaning javobgarligi

14. Hududiy boshqarma qo‘yidagilarga javobgardir:

Mazkur nizom bilan belgilangan vazifa va funksiyalarni bajarishga;

Hududiy boshqarma faoliyatiga daxldor O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik aktlari, me’yoriy-huquqiy xujjatlari, Vazirlikning Nizomi, qarorlari, buyruklari va farmoyishlari, Vazirlik rahbariyati ko‘rsatmalarini bajarishga;

texnika xavfsizligi qoidalari, mehnat va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishga;

ichki mehnat tartibi qoidalarga, shuningdek texnika xavfsizligi va yong‘inga qarshi tadbirlar talablarini bajarishga;

Vazirlikning konfidensial, maxfiy ma’lumotlari hamda maxfiy mohiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor etmaslikka.

6-bob. Boshqa bo‘linmalar bilan o‘zaro munosabati

15. Hududiy boshqarma o‘z faoliyatini Vazirlikning Bosh boshqarmalari, boshqarmalari va bo‘limlari, Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar, shuningdek joylardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi, maxalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa
tashkilotlar bilan xamkorlikda olib boradi.

 

(Qarorni yuklab olish) PDF formatda 18Mb)