Sayyor qabul

Joriy yilning 19 iyun kuni soat 10:00da Narpay tumanida joylashgan “O`zbektelekom” AK Samarqand filiali Narpay tumani TTB binosida hamda shu kunning o`zida soat 11:00da “Guliston” MFY binosida Dehqonobod qishlog`ida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘ining Sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Ishga taklif

Samarqand shahar telekommunikatsiya tarmog`i qo`yidagi bo‘sh o‘rinlarga bo`yicha mutaxassislarni ishga taklif qiladi:

Ishga taklif

Samarqand shahrida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish bo`yicha mutaxassislar ishga taklif qilinadi.

Imom al-Buxoriy majmuasi atrofi 4G mobil aloqasi bilan ta’minlandi

Samarqand viloyati Payariq tumani Xo‘ja Ismoil MFYda “O‘zmobayl” filiali 4-bog‘lamasi tomonidan joriy yilning 4 iyun kuni 4G LTE texnologiyasi asosida ishlovchi tayanch baza stansiyasi o‘rnatildi. Natijada, ushbu hudud aholisi va Imom al-Buxoriy majmuasi mehmonlari sifatli mobil aloqa xizmati bilan ta’minlandi. Bundan oldin ushbu hududda 4G texnologiyali mobil tayanch baza stansiyasi o‘rnatilmagan, endilikda esa, nafaqat telefon aloqasi so‘zlashuvi balki yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘idan ham foydalana olishlari mumkin bo‘ldi.

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni ramazon hayiti bilan muborakbod etadi!

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni ramazon hayiti bilan muborakbod etadi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishning 5 ta tashabbusining uchinchi tashabbusi ijrosi bo‘yicha

2019 yilning 22 may kuni Urgut tumani Mirzabog‘lon-Chep mahallasi markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda 5 ta tashabbusiga asosan festival bo‘lib o‘tdi. Festivalda yoshlar sportning futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, milliy kurash, yugurish bo‘yicha marofon hamda 5 ta tashabbusning uchinchi tashabbasi - axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va robototexnika bo‘yicha turli musobaqa va ko‘rgazmada ishtirok etdilar.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

2019 yilning 15 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘ining Samarqand shahrida Sayyor qabuli tashkil etildi. “O‘zI Samarqand” filialiga qarashli 221/222-ATS va Buxoriy MFY binolarida o‘tkazilgan Sayyor qabullarida 80 nafardan ortiq axoli ishtirok etib, 15 nafar fuqarolar murojaati ro‘yxatga olindi.

Sayyor qabul

Joriy yilning 22 may kuni soat 10:00da Samarqand shaxrida joylashgan “O‘zI-Samarkand” filiali 235-ATS binosida hamda shu kunning o`zida soat 11:00da “Каварзор” MFY binosida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘ining Sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

E’LON!

“O‘zI Samarqand” filiali ma’muriyati 221/222 ATS hududiga qarashli Fitrat va Xo‘jayev, 235-ATS hududiga qarashli Shirinboyev, 234-ATS hududiga qarashli Sh.Rustavelli, Navoyishoh, Laxuti, Ogahiy, Ingichka Ariq, 232-ATS hududiga qarashli Qo‘rg‘oncha, Geofiziklar qo‘rg‘oni, 231/233-ATS hududiga qarashli Arutyunov ko‘chalarida katta hajmdagi magistlar kabellarda nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilayotganligini ma’lum qiladi. Shu sababli, ushbu ko‘chalarda 2019 yilning 22 may kuniga qadar telefon aloqasi va internet xizmatida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Sayyor qabul

Joriy yilning 18 may kuni soat 10:00da Payariq tumani joylashgan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarkand filialiga qarashli Payariq TPAB binosida hamda shu kunning o`zida soat 11:00da Xo`ja Ismoil MFY, Hartang qishlog`ida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘ining Sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Samarqand viloyatida “O‘zmobayl” mobil aloqa qamrovi yanada kengaymoqda

Aholining mobil aloqadan foydalanish darajasi hamda mobil so‘zlashuvlar va mobil internetga bo‘lgan talabining kun sayin oshib borayotganligi natijasida “O‘zmobayl” filiali tomonidan Samarqand viloyati bo‘yicha aloqa qamrovini kengaytirish va aloqa sifatini oshirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Nurobod tumani Hazarmali qishlog‘i mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlandi!

Kuni kecha Hazarmali qishlog‘ida “O‘zmobayl” filiali baza stansiyasi o‘rnatilib, Hazarmali qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 2000 ga yaqin axoli mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishi yo‘lga qo‘yildi. Buni ushbu hudud faollari va keng jamoatchilik katta xursandchilik bilan qabul qilishdi.

Samarqand viloyatida bepul Wi-Fi zonalar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi “2018-2019 yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3609-son qaroriga asosan Samarqand viloyatidagi quyida keltirilgan 13 ta obyekt atrofida bepul (1 Mbit/s gacha) va pulli (10 Mbit/s gacha) Wi-Fi zonalari tashkil etildi: 1) Registon maydoni; 2) Samarqand xalqaro aeroporti; 3) Temiryo‘l vokzali; 4) Hazrati Xizr masjidi; 5) “Afrosiyob” muzeyi; 6) “Amir Temur” maqbarasi; 7) “Xo‘ja Doniyor” maqbarasi; 8) “Shohi Zinda” ansambli; 9) M.Ulug‘bek rasadxonasi; 10) “Bibihonim” madrasasi; 11) Al-Buxoriy majmuasi; 12) “Siyob” bozori; 13) M.Ulug‘bek avtoshoxbekati

Sayyor qabul

Joriy yilning 15 may kuni soat 10:00da Samarqand shaxrida joylashgan “O‘zI-Samarkand” filialiga qarashli 221/222-ATS binosida hamda shu kunning o`zida soat 11:00da “Buxoriy” MFY binosida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘ining Sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

E’LON!

“O‘zI Samarqand” filiali ma’muriyati joriy yilning aprel oyi davomida ob-havoning noqulay kelganligi, to‘xtovsiz yog‘ingarchilik kuzatilganligi sababli hozirgi kunda filial tasarrufiddagi 235-ATS hududiga qarashli Chorraha, Buxoriy, Maxmudjanov, Raxmatullayev, Daxbet, Boyovut, Bulung‘ur, Izboskan, Marg‘iloniy, Mendeleyev ko‘chalarida, 221/222-ATS hududiga qarashli A.Ikromov, Papayin, Narpay, Baltin nomli, A.Roziy, Asadov, Sogdiana maskani, Mirsharapov, Asadov ko‘chalarida, 231/233-ATS hududiga qarashli Firdavsiy, Isayev, M.Baraka, A.Temur ko‘chalarida aloqa kabellari nosoz holatga kelganligi va ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilayotganligini, shu sababli, 2019 yil 15 may kuniga qadar telefon aloqasi va internet xizmati vaqtinchalik ishlamasligini malum qiladi.

E’LON!

“UMS” MChJ tomonidan Samarqand viloyatida mobil aloqa sifatini va qamrovini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasida ayrim tumanlardagi tayanch baza stansiyalarni montaj va demontaj qilishga ehtiyoj paydo bo‘lgan bo‘lib, ushbu ishlar bosqichma-bosqich ravishda 2019 yilning 30 sentyabr oyiga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Biz kelajak aloqachilarimiz” kasbga yo‘naltirilgan tadbir

“7 may – Aloqachilar kuni” munosabati bilan joriy yilning 7 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida talabalar hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Samarqand viloyatidagi korxona va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirokida “Biz kelajak aloqachilarimiz” kasbga yo‘naltirilgan tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik tizimidagi viloyat korxona va tashkilotlari orasida minifutbol musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Samarqand viloyatidagi korxona va tashkilotlar orasida minifutbol musobaqasi o‘tkazildi.

Sayyor ulanish aksiyasi o‘tkazildi

“O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali Samarqand viloyat bog‘lamasi tomonidan abonentlar sonini oshirish va aholiga sifatli mobil xizmatlarini taqdim etish maqsadida viloyat bo‘yicha sayyor ulanish aksiyasi o‘tkazilib kelinmoqda.

Koreya Respublikasida o‘quv kursi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 10 apreldagi 111-k-son buyrug‘iga asosan Koreya Xalqaro Hamkorlik agentligining taklifiga binoan Vazirlikning bir qator mutaxassislari 2019 yil 14-27 aprel kunlari davomida Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan “2019 yil (O‘zbekiston Respublikasining) o‘rta bo‘g‘in yetakchi mutaxassislari va rahbarlari uchun AKT sohasi siyosatini ishlab chiqish” o‘quv kursida ishtirok etishmoqda. Jumladan, Vazirlik jamoasi tarkibiga Vazirlikning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi V.Muxtarov kiritilgan bo‘lib, hozirda ushbu o‘quv kursida ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonda shisha tola ishlab chiqarish tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4277-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi «Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3417-son qaroriga muvofiq «Deutsche Kabel AG Taschkent» AJ QK tomonidan shisha tola, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirila boshlandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialida master-klass

“Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun soha korxonalari mutaxassislari tomonidan 2019 yil davomida ma’ruzalar o‘tkazish rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida, 2019 yilning 6 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi "Elektron hukumat" tizimini va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Azim Raxmanov tomonidan "O‘zbekiston Respublikasida Elektron hukumatning joriy etilganlik holati va dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish hamda joriy etish bosqichlari" mavzusida filial talabalari uchun master-klass o‘tkazildi.

Xorazmda Respublika seminari bo`lib o`tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi tomonidan “Hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik munosabatlari” mavzusidagi ikki kunlik Respublika seminari bo`lib o`tdi.

Toshkent shahridagi Inxa universiteti vakillarining Samarqand shahridagi o`rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan uchrashuvi

Toshkent shahridagi Inxa universiteti vakillarining Samarqand shahridagi o`rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan uchrashuvi.Toshkent shahridagi Inxa universitetining 2019-2020 o`quv yili qabuli jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida universitet tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Samarqand shahridagi o`rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan uchrashuv va targ`ibot tadbiri bo`lib o`tdi.

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bo`sh ish o`rinlari yarmarkasi o`tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining tashabbusi bilan 2019 yil 29-mart kuni TATU Samarqand filialida “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASIGA MARXAMAT

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 15 martdagi 85-F-son farmoyishiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilmqoda.

Navroʻz bayrami bilan muborakbod etamiz!

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni Navro`z umumxalq bayrami bilan muborakbod etadi!

TIZIMDAGI VILOYAT KORXONA VA TASHKILOTLARIDA XASHAR BO‘LIB O‘TDI

"Navro‘z" bayrami arafasida 2019 yil 2 martdan 16 martgacha Samarqand viloyatidagi aloqa korxona va tashkilotlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘klamzorlashtirish ishlari olib borildi. Tomorqadan foydalanish hech bir Samarqand viloyatidagi soha korxonalari nazaridan chetda qolmadi.

Murojaatlar uchun boshqarma boshlig`i telegram messendjeri

Agarda Sizda Samarqand viloyati Aloqa (telefon, Internet, radio, pochta) va axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha murojaatlar, shikoyat va takliflaringiz bo‘lsa, unda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i telegram messendjeri (+998 99 5954210) orqali bildirishingiz mumkin.

Samarqandliklar Kosonsoyda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sadikov hududda telekommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Namangan viloyatidagi tashrifi davomida mavjud imkoniyatlar va resurslardan oqilona foydalanish hisobiga qishloq joylarida aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Kosonsoy tumanida amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berib, ushbu tajribani o‘rganish va respublikaning boshqa hududlarida ham amalga oshirish tavsiya etgan edi.

Bayramga munosib tabrik

8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami arafasida "O‘zbektelekom" Samarqand filiali sotuv ofislarida yangi ulangan abonentlar (xotin qizlar)ga bayram tabrigi sifatida gullar sovg‘a qilindi. Urgut tumanida faol savdo aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya davomida ayollarimiz bayram bilan tabriklandi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovda ishtirok etishga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 yanvardagi PQ-4091-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasining ta’lim dasturlari bo‘yicha respublikadagi vazirlik va idora hamda viloyat hokimliklari mutaxassis-kadrlari uchun navbatdagi stipendiyalar tanloviga arizalar topshirish davom etmoqda.

Muhtarram ayollar! Aziz opa-singillar!

Barchangizni bahorning ilk ayyomi 8 mart - nafosat va go‘zallik tantanasi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Rasmiy veb-saytlarini ishlab chiqish va yuritib borish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

Joriy yilning 28 fevral kuni Samarqand viloyati davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarini ishlab chiqish va yuritib borish mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

"Faol sotuv" aksiya tadbirlari o‘tkazildi

"O‘zbektelekom" AK Samarkand filiali tomonidan joriy yilning 23-24 fevral kunlari ya`ni dam olish kunlari Jomboy, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Samarqand, Narpay, Qo‘shrabod tumanlari va O‘zbekkenti Qorasuv Massivida "Faol sotuv" aksiya tadbirlari o‘tkazildi. "O‘zbektelekom" AK Samarkand filiali tomonidan joriy yilning 23-24 fevral kunlari Jomboy, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Samarqand, Narpay, Qo‘shrabot tumanlari va O‘zbekkenti Qorasuv Massivida "Faol sotuv" aksiya tadbirlari o‘tkazildi.

Samarqand shahrida sayyor qabullar o‘tkazildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘ining xalq bilan muloqoti Samarqand shahrida sayyor qabullar shaklida o‘tkazildi

Samarqandda sayyor qabul

Joriy yilning 14 fevral kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rahbariyati Samarqand viloyati aholisi vakillari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

TABRIKNOMA

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi Qurolli kuchlar hodimlari va Vatanimiz posbonlarini hamda yurtimizning barcha o‘g‘lonlarini Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etadi!

E`lon

Joriy yilning 21 fevral kuni soat 9:00da Samarqand shaxrida joylashgan “O‘zI-Samarkand” filiali 229-ATS binosida hamda shu kunning o`zida soat 10:00da “Buyuk Ipak yo‘li” MFY binosida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘ining Sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Vazir bilan suhbat

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M.Sadikov bilan TATU Samarqand filiali professor-o‘qituvchilar hamda talabalari o‘rtasida ochiq muloqot shaklida davra suhbati o‘tkazildi

Yangi yil tabrigi

Kirib kelayotgan 2019-yil bilan barcha chin qabldan tabriklaymiz.

ЭЪЛОН

ЭЪЛОН “ЎзИ Самарқанд” филиали мавжуд бўш ўринларга қуйидаги мутахассисларни ишга таклиф қилади:

“Ўзбекистон Республикасини инновацион ривожлантириш стратегияси – тараққиёт омили” мавзусида семинар ташкил этилди Жорий йилнинг 19 ноябр куни “Ўзбекистон Республикасини инновацион ривожлантириш стратегияси – тараққиёт омили” мавзусида Самарқанд вилояти

Жорий йилнинг 19 ноябр куни “Ўзбекистон Республикасини инновацион ривожлантириш стратегияси – тараққиёт омили” мавзусида Самарқанд вилояти ҳокимлигида Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати билан ҳамкорликда семинар ташкил этилди.

Компьютер саводхонлиги, компьютер устачилиги, компьютер графикаси ва дастурлаш йўналишлари бўйича ёшлар учун бепул ўқув курслари ташкил этилди

“Ёшлар келажагимиз” Давлат дастури ижросини самарали ташкил этиш мақсадида Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги Cамарқанд вилояти ҳудудий бошқармаси томонидан Самарқанд вилояти бўйича жорий йилнинг сентябрь-ноябрь ойлари давомида компьютер саводхонлиги, компьютер устачилиги, компьютер графикаси ва дастурлаш йўналишлари бўйича Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети Самарқанд филиалида 18 ёшдан 30 ёшгача бўлган ёшлар учун бепул ўқув курслари ташкил этди.