AXBOROT XIZMATI

 

Raxmanov Azim Alisherovich

 

Telefon: 0 (366) 234-12-90

Faks:      0 (366) 234-42-12

E-mail:  info@sammitc.uz

             DepSamarkand@mitc.uz

 

AXBOROT XIZMATINING ASOSIY XIZMAT VAZIFALARI

 

Rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlaydi;

keng jamoatchilikni boshqarmaning faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qiladi;

ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, axborot xabarlarini tarqatadi, ommaviy tadbirlarni tashkil etadi;

boshqarmaning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtiradi va o‘z vaqtida yangilab boradi, internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantiradi;

boshqarmaning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantiradi va yuritadi.

 

AXBOROT XIZMATI YUKLANGAN VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISH UCHUN QUYIDAGI FUNKSIYALARNI BAJARADI:

 

OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi, shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi;

OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki, yozma va elektron hujjat shaklida axborot taqdim etadi;

qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida huquqni qo‘llash amaliyoti holati monitoringini olib boradi va keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;

OAV bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun boshqarma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki tashkil etilishi va yuritilishini ta’minlaydi;

Boshqarma faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy OAV hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;

Boshqarmaning veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritishni ta’minlaydi;

Boshqarmaning faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlaydi.

Axborot xizmati o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda OAVning viloyat hokimligi faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.