Toshkent shahridagi Inxa universiteti vakillarining Samarqand shahridagi o`rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan uchrashuvi

 

Toshkent shahridagi Inxa universiteti vakillarining Samarqand shahridagi o`rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan uchrashuvi.

Toshkent shahridagi Inxa universitetining 2019-2020 o`quv yili qabuli jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida universitet tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Samarqand shahridagi o`rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan uchrashuv va targ`ibot tadbiri bo`lib o`tdi.

Tadbirda universitet qabul bo`limining 1-toifali mutaxassisi S.Abduvohidov va universitet axborot-analitik bo`limi yetakchi mutaxassisi K.Tashbekovalar 2019-2020 o`quv yili uchun universitetga qabul qilish jarayoni va ta`lim olish uchun yaratilgan sharoitlar to`g`risida taqdimot o`tkazishdi va batafsil ma`lumot berishdi. Tadbirda Samarqand shahridagi o`rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan 120 nafar bitiruvchi o`quvchi ishtirok etdi.