E’LON!

 “O‘zI Samarqand” filiali ma’muriyati 221/222 ATS hududiga qarashli Fitrat va Xo‘jayev, 235-ATS hududiga qarashli Shirinboyev, 234-ATS hududiga qarashli Sh.Rustavelli, Navoyishoh, Laxuti, Ogahiy, Ingichka Ariq, 232-ATS hududiga qarashli Qo‘rg‘oncha, Geofiziklar qo‘rg‘oni, 231/233-ATS hududiga qarashli Arutyunov ko‘chalarida katta hajmdagi magistlar kabellarda nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilayotganligini ma’lum qiladi. Shu sababli, ushbu ko‘chalarda 2019 yilning 22 may kuniga qadar telefon aloqasi va internet xizmatida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Yuqorida keltirilgan ko‘chalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan telefon aloqasi va internet xizmati ishlamagan kunlar uchun qayta hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi. Vujudga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

 

“O‘zI Samarqand” filiali ma’muriyati

Sayyor qabul

Joriy yilning 18 may kuni soat 10:00da Payariq tumanida joylashganO‘zbekiston pochtasi” AJ Samarkand filialiga qarashli Payariq TPAB binosida hamda shu kunning o`zida soat 11:00da Xo`ja Ismoil MFY, Hartang qishlog`ida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘ining Sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi

Agarda Sizda Aloqa (telefon, Internet, radio, pochta) va axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha murojaatlar, shikoyat va takliflaringiz bo‘lsa, bevosita Vazirlikning hududiy boshqarmasi boshlig‘iga murojaat etishingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: 234-42-12.

Sayyor qabul

Joriy yilning 15 may kuni soat 10:00da Samarqand shaxrida joylashgan “O‘zI-Samarkand” filialiga qarashli  221/222-ATS binosida hamda shu kunning o`zida soat 11:00da “Buxoriy” MFY binosida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘ining Sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Agarda Sizda Aloqa (telefon, Internet, radio, pochta) va axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha murojaatlar, shikoyat va takliflaringiz bo‘lsa, bevosita Vazirlikning hududiy boshqarmasi boshlig‘iga murojaat etishingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: 234-42-12.

E’LON!

 “O‘zI Samarqand” filiali ma’muriyati joriy yilning aprel oyi davomida ob-havoning noqulay kelganligi, to‘xtovsiz yog‘ingarchilik kuzatilganligi sababli hozirgi kunda filial tasarrufiddagi 235-ATS hududiga qarashli Chorraha, Buxoriy, Maxmudjanov, Raxmatullayev, Daxbet, Boyovut, Bulung‘ur, Izboskan, Marg‘iloniy, Mendeleyev ko‘chalarida, 221/222-ATS hududiga qarashli A.Ikromov, Papayin, Narpay, Baltin nomli, A.Roziy, Asadov, Sogdiana maskani, Mirsharapov, Asadov ko‘chalarida, 231/233-ATS hududiga qarashli Firdavsiy, Isayev, M.Baraka, A.Temur ko‘chalarida aloqa kabellari nosoz holatga kelganligi va ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilayotganligini, shu sababli, 2019 yil 15 may kuniga qadar telefon aloqasi va internet xizmati vaqtinchalik ishlamasligini malum qiladi.

Yuqorida keltirilgan ko‘chalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan telefon aloqasi va internet xizmati ishlamagan kunlar uchun qayta hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi.

 

E’LON!

UMS MChJ tomonidan Samarqand viloyatida mobil aloqa sifatini va qamrovini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasida ayrim tumanlardagi tayanch baza stansiyalarni montaj va demontaj qilishga ehtiyoj paydo bo‘lgan bo‘lib, ushbu ishlar bosqichma-bosqich ravishda 2019 yilning
30 sentyabr oyiga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli, olib boriladigan ishlar natijasida “UMS” MChJ tomonidan taqdim etilayotgan aloqa sifatining pasayishi kuzatilishi mumkin.

Montaj va demontaj ishlari shahar va tumanlar bo‘yicha quyidagi oylarda amalga oshiriladi:

1)    Samarqand shahar – may, iyun (10 hafta davomida);

2)    Bulung‘ur va Jomboy tumanlari – iyun (2 hafta davomida);

3)    Urgut va Tayloq tumanlari – iyunb, iyul (3 hafta davomida);

4)    Payariq va Ishtixon tumanlari – iyul, avgust (2 hafta davomida);

5)    Pastdarg‘om va Kattaqo‘rg‘on tumanlari – avgust (2 hafta davomida);

6)    Paxtachi va Narpay tumanlari – avgust, sentyabr (2 hafta davomida);

7)    Qo‘shrabot tumani – sentyabr (2 hafta davomida)

 

 

BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASIGA MARXAMAT

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 15 martdagi 85-F-son farmoyishiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilmqoda.

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida, soha xizmatlarini ko‘rsatuvchi 20ga yaqin viloyat korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Sizda aloqa, axborot va kompyuter texnologiyalari mutaxassislariga ehtiyoj mavjud bo‘lsa o‘z takliflaringizni 2019 yil 28 mart kunigacha depSamarkand@mitc.uz elektron pochtasiga yuborishingizni yoki 66-234-42-12 telefon orqali bildirishingiz mumkin.

Shuningdek, aloqa, axborot va kompyuter texnologiyalari sohasida ish qidirayotgan bo‘lsangiz, 2019 yil 29 mart kuni soat 10:00 da TATU Samarqand filiali binosida (Samarqand sh., Ibn Sino ko‘chasi 2-uy) o‘tkaziladigan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga tashrif buyurilishingiz mumkin.

 

El-yurt umidi jamg‘armasi tanlovda ishtirok etishga taklif etadi

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 4 январдаги ПҚ-4091-сонли қарорига асосан Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги “Эл-юрт умиди” жамғармасининг таълим дастурлари бўйича республикадаги вазирлик ва идора ҳамда вилоят ҳокимликлари мутахассис-кадрлари учун навбатдаги стипендиялар танловига аризалар топшириш давом этмоқда. Ушбу танловда алоқа ва ахборотлаштириш, телекоммуникация технологиялари йўналишида докторантура, магистратура, малака ошириш ёки стажировкага чет давлатларга бориш истагида бўлганлар 2019 йилнинг 20 февралидан 20 мартига қадар бўлган муддатда Жамғарманинг www.eyuf.uz веб-сайти орқали электрон тарзда танловда иштирок этиш учун ҳужжатларни топширишлари мумкин.

ЭЪЛОН

“ЎзИ Самарқанд” филиали мавжуд бўш ўринларга қуйидаги мутахассисларни ишга таклиф қилади:

Талаб қилинаётган лавозим

сони

Талаб қилинадиган маълумот

Муҳандис

1

олий

Ассистент

1

олий

Автозал муҳандиси

3

олий

Алоқа йўли муҳандиси

2

олий

Кабелчи-кавшарловчи

3

ўрта махсус

Телефон алоқаси линия иншоотлари электромонтёри

4

ўрта махсус

 

Мурожаат учун манзил: Самарқанд шаҳри, Гагарин кўчаси, 62 уй

Телефон: (0366) 234-02-02

“ЎзИ Самарқанд” филиали