O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi E’lon qilinishi lozim bo‘lgan boshqarma faoliyati to‘g‘risidagi axborot materiallari ro‘yxati

1.  Hududiy boshqarmaning huquqiy maqomini, shu jumladan tashkiliy tuzilmasi, vazifalari va funktsiyalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;

2. Hududiy boshqarma tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishining borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

3. oldin Hududiy boshqarma tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

4. Hududiy boshqarma faoliyati sohasida Prezident, Hukumat hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Hududiy boshqarma tomonidan qabul qilingan dasturlar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;

5. Hududiy boshqarma bo‘lajak va o‘tkazilgan ommaviy tadbirlari (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kundalik faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar;

6. Hududiy boshqarmaning boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

7. amalga oshirilishida Hududiy boshqarma ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi axborotlar;

8. Hududiy boshqarma faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning holatini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

9. bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

10. Hududiy boshqarma tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qo‘mitalar va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

11. majlis kun tartibi loyihalari, shuningdek sana, vaqt, o‘tkazish joyi va ularda qatnashish tartibi ko‘rsatilgan holda ochiq majlislar o‘tkazish rejalari;

 

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi to‘g‘risidagi jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.