Fuqarolarni qabul qilish tartibi

.

   1. Axborotdan foydalanuvchi hududiy boshqarmaga og‘zaki, yozma yoki elektron hujjat shaklida so‘rov bilan murojaat etishi mumkin. Bunda elektron hujjat shaklidagi so‘rovlar davlat organlarining rasmiy veb-saytlari, rasmiy elektron pochta manzillari yoki O‘zbekiston RespublikasiYagona interaktiv davlat xizmatlari portaliorqali taqdim etiladi.

  1. So‘rovlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash boshqarma boshlig`i topshirig`i bilan belgilangan so‘rovlar bilan ishlovchi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
  2. So‘rov pochta orqali kelib tushganda, so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan konvertda so‘rov mavjudligi tekshiriladi.

Konvertda so‘rovning yoki so‘rovda ko‘rsatilgan ilovalarning mavjud emasligi aniqlanganda, so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri (so‘rov va u yuborilgan konvert bilan birga) so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodimda qoladi, ikkinchisi kuzatuv xatiga ilova qilingan holda konvertda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yuboriladi.

  1. Elektron hujjat shaklida so‘rov tushgan kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bo‘lgandan keyin tushgan taqdirda esa navbatdagi ish kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi kerak.
  2. Axborotdan foydalanuvchini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilmagan so‘rov anonim hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
  3. So‘rov anonim deb e’tirof etilganda, bu haqda ijrochi (yoki ijrochilar) tomonidan xulosa tuziladi. Xulosada so‘rovni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar ko‘rsatiladi. So‘rovni anonim deb e’tirof etish to‘g‘risidagi xulosa so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan tasdiqlanadi hamda boshqarma boshlig`i tomonidan ijrodan olinadi.
  4. Avvalgi so‘rovlar bo‘yicha yuborilgan javobdan norozilik bildirilgan, shuningdek agar takroriy so‘rov kelib tushgan paytda ko‘rib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bo‘lsa, avvalgi so‘rov o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir axborotdan foydalanuvchidan kelib tushgan so‘rov takroriy, deb hisoblanadi.

Takroriy so‘rovga u kelib tushgandan so‘ng navbatdagi ro‘yxat indeksi berilib, “So‘rovlarni ro‘yxatga olish jurnali”da yoki elektron hujjat aylanish tizimidatakroriydeb qayd etiladi.

  1. Aynan bir axborotdan foydalanuvchining so‘rovi nusxasi so‘rov dublikati hisoblanadi. Davlat organiga so‘rov dublikati (nusxasi) kelib tushgan hollarda, ushbu so‘rovga alohida tartib raqami berilmasdan, birinchi marta ro‘yxatga olingan so‘rovning tartib raqami va undan so‘ng bosh harfda «/D» belgisi hamda so‘rov kelib tushgan sana bilan qayd etiladi.

            Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul shaxsVali Mukhtarov boshqarma bosh mutaxassisi.

           

Manzil: 140103, Samarqand shahri, Gagarin ko`chasi, 62-uy

Telefon: 0 (366) 234-42-12

 

Fuqarolarni qabul qilish jadvali

Hududiy boshqarma jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish

GRAFIGI

Ismi-sharifi

Lavozimi

Qabul qilish grafigi

Eshnazarov Nodirbek Tirkashevich

Hududiy boshqarma boshlig`i

dushanba-juma

Tasdiqlangan rejaga muvofiq viloyatning shahar va tumanlarida o‘tkaziladigan sayyor qabullarda

09:00 - 12:00

 

09-00–13.00