Ўзбекистон Республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги Самарқанд вилояти ҳудудий бошқармаси расмий веб-сайтида жойлаштириш учун мажбурий бўлган ахборотлар рўйхати

 

1. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi veb-saytida (keyingi o‘rinlarda rasmiy veb-sayt deb ataladi) joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotlarga quyidagilar kiradi:

a) Hududiy boshqarmaning huquqiy maqomini, tashkiliy tuzilmasi, vazifalari va funktsiyalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;

b) Hududiy boshqarma tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar;

v) Hududiy boshqarma tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

g) Hududiy boshqarma faoliyati sohasida Prezident, Hukumat hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Hududiy boshqarma tomonidan qabul qilingan dasturlar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;

d) Hududiy boshqarma bo‘lajak va o‘tkazilgan ommaviy tadbirlari (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kundalik faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar;

e) Hududiy boshqarmaning boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

j) amalga oshirilishida Hududiy boshqarma ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi axborotlar;

z) Hududiy boshqarma faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning holatini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

i) bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

k) rasmiy veb-saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi talab;

l) Hududiy boshqarma tomonidan ishlab chiqiladigan normativ huquqiy hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

m) Hududiy boshqarma tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qo‘mitalar va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

o) majlis kun tartibi loyihalari, shuningdek sana, vaqt, o‘tkazish joyi va ularda qatnashish tartibi ko‘rsatilgan holda ochiq majlislar o‘tkazish rejalari;

p) Hududiy boshqarma rasmiy veb-saytda joylashtirish zarur deb hisoblaydigan boshqa umumiy foydalaniladigan axborotlar va ma’lumotlar.

r) saytdan foydalanish, shuningdek saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma.

2. Hududiy boshqarma tomonidan rasmiy veb-sayt orqali ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari ro‘yxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi:

a) Hududiy boshqarma rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik ma’lumotlar va ular bilan bog‘lanish ma’lumotlari, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kunlari shuningdek soatlari);

b) Hududiy boshqarma va uning bo‘linmalarining (shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘linmalarining) telefon raqamlari va manzilli rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari, kirish yo‘llari, to‘xtash joylari va jamoat transporti raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

v) yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari, shikoyatlari Hududiy boshqarmaning faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olishga so‘rovlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar;

d) Hududiy boshqarmaning faoliyati to‘g‘risidagi tahliliy ma’ruzalar va axborot tusidagi sharhlar, yil choragi va yillik hisobotlar, shuningdek tarmoqning holati to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar;

e) Hududiy boshqarma rahbarlarining rasmiy nutqlari va bayonotlari matnlari;

j) Hududiy boshqarmaning statistik axborotlari;

z) Internet tarmog‘idagi boshqa tegishli veb-saytlarga va O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga havolalar;

i) teskari aloqa qilish imkoniyatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlari, xatlari, arizalari, shikoyatlarini Hududiy boshqarmaning faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olishga so‘rovlari va murojaatlarining boshqa shakllarini qabul qilish (elektron-raqamli imzodan foydalanishga qarab);

k) Hududiy boshqarmaning matbuot xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mas’ul xodimlar bilan aloqaga kirishish to‘g‘risidagi ma’lumotlar);

l) Hududiy boshqarma tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati;

m) «Elektron davlat xizmatlari» va «Ochiq ma’lumotlar» alohida bo‘limlari;

n) elektron pochta orqali hamda e’lonlar va yangiliklarni etkazib berishning ommaviy avtomatlashtirilgan formatlari (shu jumladan SMS yuborish yo‘li bilan) orqali rasmiy veb-saytni yangilashga yozilish imkoniyati;

o) Hududiy boshqarmaning «Elektron hukumat» tizimida qatnashishi, uning roli va qatnashishi xususiyati, shuningdek ushbu sohada amalga oshiriladigan tadbirlar (qanday davlat xizmatlari ko‘rsatiladi, qanday ma’lumotlar ayirboshlanadi va shu kabilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

p) aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining tez-tez beriladigan savollariga javoblar.

3. Rasmiy veb-saytda boshqa manbalardan axborotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai ko‘rsatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

 

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi to‘g‘risidagi jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkni.